Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BIR NURONIYGA O'N NAFAR YoSh” LOYIHASI AMALDA

×

 2022-02-16 09:37:11    264

PDF yuklash
Chop etish


“BIR NURONIYGA O'N NAFAR YoSh” LOYIHASI AMALDA

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-92 qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan So'x tumani Sarikanda mahallasida “Bir nuroniyga o'n nafar yosh” loyihasini amalda tatbiq etish bo'yicha mahalla nuroniylari va yoshlarining davra suhbati bo'lib o'tdi.

         Tadbirda mahalla raisi Bahodir Safoyev, mahalla yoshlar yetakchisi Hayitboy Hasanov, mahallaning nuroniylari hamda yoshlari ishtirok etishdi.

         Bahodir Safoyev suhbat davomida, har bir nuroniyga ishsiz, yordamga muhtoj yoshlar biriktirilishi va yoshlarning bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazilishini hamda yoshlarga pand nasihatlarni berishini ta'kidlab o'tdi.

         Shundan so'ng, mahalla faoli Rasuljon Olimov so'zga chiqib har bir yosh bugun davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib, kelajakda yaxshi kasb va hunar sohibiga aylanib farovon hayot kechirishi lozimligini aytib, barcha mahalla yoshlarini hamisha ota-ona va nuroniylar gaplariga quloq solishsa kam bo'lmasliklarini ta'kidladi.

         Davra suhbat yakunida loyiha doirasida mahallaning har bir yoshini mahalla nuroniylariga biriktirilishi bo'yicha kelishib olindi.

         Tadbir oxirida nuroniylar duoga qo'l ochib yoshlarni yaxshi avlod vakili bo'lib yetishlariga umid bildirdilar.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati