Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DEVAYRONDAGI TEKSTIL KORXONASI ISHGA TUSHADIMI?

×

 2021-09-18 15:08:32    63

PDF yuklash
Chop etish


        Barchamizga ma'lumki, Devayron mahalla fuqarolar yig’inida Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli tikuvchilik korxonasi qurilgan va ushbu korxona ayni kunda ba'zi sabablarga ko’ra faoliyati to’xtab qolgan.

        Korxonani ishga tushirish va bu bilan tumanda ishsizlik darajasini sezilarli darajada kamaytirish kunning asosiy masalasi hisoblanadi. Chunki ushbu korxona ishga tushsa, kamida 200 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanadi.

        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur tekstil korxonasida bo’lib, ushbu masalani mutaxassislar bilan muhokama etdi.

        Tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning so’zlariga ko’ra, Respublikamizdagi yirik korxonalar rahbarlari mazkur tekstil korxonani yurgizish niyatiini bildirgan. Chunki Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning 14 sentyabr kuni imzolangan 714-sonli Qonun asosida tumanimiz tadbirkorlariga bir qator imtiyozlar yaratib berildi.

        Ishonchimiz komilki, davlatimiz rahbarining ushbu olamshumul e'tibori tufayli So’xning ishlab chiqarish salohiyati yanada ko’tariladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram