Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI

×

 2021-06-24 19:40:22    165

PDF yuklash
Chop etish


           Ta'kidlash lozim, ayni kunda barcha hududlarda “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” mavzusi ostida uchrashuv va tadbirlar bo’lib o’tmoqda.   

           Bugun So’x tumani Guliston mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 9-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ayni shu mavzuda tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi S. Sayidmusayev, tuman davlat soliq inspektsiya boshlig’i, 4-sektor rahbari F. Turaboyev, tuman adliya bo’limi vakillari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

           “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda band bo’lmagan, mauammosi mavjud bo’lgan uyushmagan yoshlarning 70 nafari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari, ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli bank kredit mablag’lari, subsidiya asosida mehnat qurollari  ajratish, va boshqa kabi o’zlarini qiynab kelayotgan, yechimi topilmayotgan muammolar bilan murojaat etishdi.

           Uchrashuv yuzma-yuz muloqot tarzida o’tkazildi. Yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ko’tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal qilindi. Yoshlar tomonidan ko’tarilgan masalalarning bir qismi, yoxud 25 foizi o’rganish uchun vaqt va mablag’ talab qilinishisababli, tegishli soha mutasaddilari bilan “Yo’l xaritasi” tuzilib, aniq ijro muddati belgilandi. 

           Ko’tarilgan masalalar yuzasidan murojaatchilarning 4 foiziga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Mazkur tadbir davomida murojaatchining yashash hududidan kelib chiqqan holda, nazorat tegishli sektor rahbari zimmasiga yuklatildi va shu yerning o’zida 6-nafar ishsiz yoshlarga o’zini o’zi band qilish maqsadida mehnat qurollari berish bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirildi.

                       So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram