Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAROR VA IJRO

×

 2021-03-24 16:14:48    93

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabr kungi 4075-sonli qarori asosida 2019 yilda O’zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo’yicha qabul qilingan “Yo’l xarita” sining 6-bandida “Alkogol o’tkir mastlik holatida bo’lib, o’zining harakatlari bilan huquq-tartibotga xavf tug’diruvchi shaxslarni vaqtincha izolyatsiyalash va reabilitatsiya qilish uchun qo’shimcha sharoitlar yaratib, har bir tuman (shahar) sog’liqni saqlash muassasalarida alohida xonalar ajratish, ularni zarur anjomlar bilan jihozlash va dori vositalari bilan ta'minlash” ko’rsatilgan.

        Buning uchun, tumanimizning Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan ShXU binosida 3ta palata va bitta xona ajratildi. Yangi muassasa – hushyorxonaga 1 nafar vrach, bir nafar tibbiyot xodimi, hamda muassasani qo’riqlash maqsadida bir nafar IIB xodimi jalb etiladi.

        Muassasani tashkil etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ushbu shifokorlar xizmat uyiga tashrif buyurib, tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan hushyorxonaga ajratilgan palatalar holatini ko’zdan kechirdi. 

        Binoni belgilangan tartibda qo’ilgan talablarga mos ravishda qayta  ta'mirlash, kerakli inventarlar bilan jihozlash, tibbiyot xodimlari uchun shtat birliklari ajratish hamda ularni qo’riqlash maqsadida ichki ishlar xodimlarni biriktirish bo’yicha tuman hokimi tomonidan mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi. Ushbu muassasa belgilangan mudatda foydalanishga topshirilishi bo’yicha ham mutasaddilarga vazifalar yuklandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram