Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TV JAMOASI VILOYaT HOKIMI E’TIBORIDA

×

 2021-03-02 10:28:04    83

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TV JAMOASI VILOYaT HOKIMI E’TIBORIDA

         1999 yilning dekabrь oyidan boshlab faoliyat olib borayotgan So'x televizion studiyasining ijodiy va texnik jamoasi bugun viloyat hokimi e'tibori tufayli yangi loyihalar ustida ish olib borishmoqda. Viloyat hokimining alohida e'tibori tufayli SO'X TV moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida 150 000 000 so'm mablag' ajratilgan bo'lib, ushbu mablag'ning bir qismi studiyaning ta'mirlanishi uchun sarflanadi. Ayni kunda ushbu dargohda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

         - Biz yaratib berilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga harakat qilamiz. Zero bizning asosiy maqsadimiz xalqimizga sidqidildan xizmat qilishdan iborat. Viloyat hokimi tomonidan berilgan yangi "DAMAS" avtomashinasi ham ushbu yuksak e'tibor nishonasidir. Bugun studiyaga tashrif buyurgan tumanimiz hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ham har doim bizga kumakdosh ekanliklarini ta'kidlashdi. Barcha xodimlar nomidan bunday e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman, - deydi SO'X TV guruh rahbari Farhodjon Mirsharipov.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati