Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ DEPUTATLARI FARG'ONA VILOYaTI SO'X TUMANI KENGAShINING QARORI

×

 2020-09-12 16:25:28    77

PDF yuklash
Chop etish


 

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ DEPUTATLARI FARG'ONA VILOYaTI SO'X TUMANI KENGAShINING

QARORI

8- sentyabr 2020 yil             № -VI-13-2                            So'x tumani

15-Demursad, 10-Obishir, 23-Tul, 25-G'aznov, saylov okruglari bo'yicha  bo'shab qolgan o'ringa Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputati saylovini tayinlash to'g'risida

 

         O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari Tuman Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I :

 

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi “COVID-19 pandemiyasi davrida bo'shab qolgan o'rinlarga deputatlar saylovini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1033-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mazkur qarori bilan “COVID-19 pandemiyasi davrida bo'shab qolgan o'rinlarga deputatlar saylovini o'tkazish tartibi to'g'risida”gi Nizom tasdiqlanganligi inobatga olinsin.

3. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2020 yil 08 sentyabrdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o'tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga o'zgartirish kiritish to'g'risida”gi qarori tasdiqlanganligi ko'rsatib o'tilsin.

4. Xalq deputatlari So'x tumani Kengashi Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyasi raisi Q.Amirbekovning bo'shab qolgan o'rinlarga 2020 yil 11 oktyabrь Yakshanba kuni saylov o'tkazish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.

5. 15-Demursad, 10-Obishir, 23-Tul, 25-G'aznov saylov okruglari bo'yicha bo'shab qolgan o'ringa xalq deputatlari So'x tumani Kengashi deputati saylovi 2020 yil 11 oktyabrь Yakshanba kuni o'tkazilsin.

6. Xalq deputatlari So'x tumani Kengashiga saylov o'tkazuvchi tuman saylov komissiyasi (A.Temirov) bo'shab qolgan o'rinlarga bo'lib o'tadigan saylovlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom hamda amaldagi qonunchilik asosida adolat va shaffoflikni ta'minlagan holda tashkil etilishini ta'minlasin.

         7. Ushbu qaror Xalq deputatlari So'x tumani Kengashiga saylov o'tkazuvchi tuman saylov komissiyasiga yuborilsin.

         8. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.

 

              Sessiya raisi                                                   M.Jumayev