Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILIB QO’YGAN YAXSHI

×

 2024-11-23 14:38:18    279

PDF yuklash
Chop etish





Bilib qo’ygan yaxshi

 

Mehnat shartnomasini tomonlarning kelishuviga ko’ra bekor qilishda e'tibor qaratilishi kerak bo’lgan holatlar


Xodimni ishdan bo’shatishda eng mustahkam ishdan bo’shatish MKning 157-moddasi, ya'ni tomonlarning o’zaro kelishuviga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish deb aytiladi. Sababi bu tarzda mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ish beruvchi tomonidan xatoliklarga yo’l qo’yilmasa, xodimning ishga tiklanishi qiyin bo’ladi.


Ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini MKning 157-moddasi bilan bekor qilinganda nimalarga e'tibor qaratish kerak?


I. Yozma kelishuv tuzishni unutmang.


MKning 157-moddasi talablariga ko’ra, mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko’ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo’shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo’shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko’rsatilishi shart. (Taraflarning rekvizitlari uchun MKning 107-moddasiga qarang)


Ish beruvchilar tomonidan birinchi navbatda qilinadigan xatolardan biri ayni shu qoidaga rioya qilmaslik. Yozma kelishuv qoidasiga rioya qilmaslik xodimning sud orqali ishga tiklanishining asosiy sabablaridan biri bo’ladi. (Davomi bor).


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram