Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAQIR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INIDA 120 O’RINLI MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-04-26 10:24:20    347

PDF yuklash
Chop etish


Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida 120 o’rinli maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi


Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 28-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, Oliy Majlis deputati Ahmadjon G’aniyev, mahalla ahli, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdilar.


Yangi muassasa ramziy lentasi qirqildi va taqdimot marosimiga bag’ishlangan tantanali tadbir o’tkazildi. Tadbirda so’z olganlar Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tibor, Vatanimizning eng chekka go’shalarida ham qad rostlayotgan bu kabi inshootlar kelajak avlod manfaatiga qaratilganini alohida ta'kidlab o’tdilar.


Tadbir jarayonida qurilish ishlarida faol bo’lganlar va muassasaning yangi rahbariga tashakkurnomalar, qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Tadbirda yangragan she'r va qo’shiqlarda Vatan tarannum etildi.


120 o’ringa muo’ljallangan mazkur muassasada yaratib berilgan sharoitlarni ko’zdan kechirgan mehmonlar bolajonlar bilan samimiy muloqot qildilar. Ma'lumot uchun: mazkur muassasa qurilishiga davlatimiz byudjetidan 4 milliard 286 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram