Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI YETTILIGI ONLAYN SO’ROVNOMA G’OLIBI!

×

 2024-04-24 14:26:52    236

PDF yuklash
Chop etish


Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini yettiligi onlayn so’rovnoma g’olibi!

Xabaringiz bor, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali tashabbusi bilan So’x tumanidagi eng faol mahalla yettiligini aniqlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda onlayn so’rovnoma o’tkazildi. Onlayn so’rovnoma bugun, 24 aprel, soat 12-00da yakunlandi.

So’rovnoma natijalarini aniqlash va eng faol mahalla yettiligini munosib taqdirlash maqsadida tuman hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filiali rahbari Ahadjon Akbarov, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, mahallalar yettiligi ishtirok etdi.

So’rovnoma natijalariga ko’ra, eng ko’p – 655 ta ovoz bilan Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini yettiligi birinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’lishdi. G’oliblarga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg’ona viloyati filialining tashakkurnomasi va noutbuk taqdim etildi.

ARGOS Farg’ona filiali tashabbusi bilan mahallalar yettiligi o’rtasida 25 apreldan 25 may kunigacha “Kitobxonlik” tanlovi o’tkaziladi. Beriladigan 5 ta kitob bo’yicha tanlovning oxirida savol-javob kechasi o’tkaziladi va ushbu tanlovning g’olibiga 10 million so’m, 2-o’ringa 7 million va 3-o’ringa egalik qilgan mahallaga 5 million so’m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram