Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2023-06-12 10:53:42    96

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Yangi tug’ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga ta'tillar beriladimi?

 

Javob: O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi mehnat kodeksi 406-moddasi talablariga ko’ra, yangi tug’ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga bola farzandlikka olingan yoki vasiylik belgilangan kundan boshlab va bola tug’ilgan kundan e'tiboran ellik olti kalendar kun (bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq bola farzandlikka olingan taqdirda esa yetmish kalendar kun) o’tguniga qadar qonunchilikda belgilangan, lekin o’rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo’lmagan miqdorda nafaqa to’langan xolda ta'til beriladi.

Yangi tug’ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimning yozma arizasiga ko’ra, xodimga bola ikki yoshga to’lguniga qadar bolani parvarishlash ta'tili berilib, ushbu davr uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda nafaqa to’lanadi, shuningdek bola uch yoshga to’lguniga qadar ish haqi saqlanmaydigan ta'til ham beriladi.

 

F.Boboyev - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram