Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 214 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILMOQDA

×

 2023-03-29 16:19:44    89

PDF yuklash
Chop etish


Targ’ibot tadbiri o’tkazilmoqda


Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida “Konstitutsiyaviy islohotlar – manfaatimiz poydevori” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar muhokamasiga bag’ishlangan targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Unda bir guruh mahallalar faollari, ziyoilar qatnashdi.


So’x tumani hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman hokimining jamoatchilik bo’yicha maslahatchisi Ibrohimjon Ahmadovlar tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi haqida atroflicha tushuncha berar ekan, konstitutsiyaviy islohotlar – hayotiy zarurat ekaniligiga alohida urg’u berdilar.


Tadbirda so’nggi yillarda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar aholining roziligiga sabab bo’layotgani yorqin misollar bilan tilga olindi. Qizg’in ruhda o’tgan tadbirda ishtirokchilar 30 aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram