Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 121 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARIKANDA MAHALLASINING “GULIRAYHON”, “CHORDARA”, ANORBOG’”, “ABDURAUF FITRAT” NOMLI KO’CHALARI TO’LIQ ASFALTLASHTIRILADI

×

 2023-03-27 08:03:42    105

PDF yuklash
Chop etish


Sarikanda mahallasining “Gulirayhon”, “Chordara”, Anorbog’”, “Abdurauf Fitrat” nomli ko’chalari to’liq asfaltlashtiriladi

Hududlar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan obodonlashtirish, qurilish-ta'mirlash ishlari bugun So’x tumanida ham jadallik bilan olib borilmoqda. Tumanning barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida olib borilayotgan ishlar xalqimizning xursandchiligi va minnatdorchiligiga sabab bo’layotir.

Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida bugun asfaltlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur obodonlashtirish ishlari Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida olib borilmoqda.

- Qarorga asosan, mahallamizning ichki ko’chalarida asfaltlashtirish ishlari olib boriladi. Jami uzunligi 8,6 kilometr ichki yo’llarga asfalt qoplamasi yotqiziladi, - deydi mahalla raisi Bahodirjon Safoyev.

Asfaltlashtirish ishlari mahallada allaqachon boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sanaladi. Davlatimiz byudjetidan mazkur mahallaning asfaltlashtirilishiga 2 milliard 852 million 600 ming so’m mablag’ yo’naltirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram