Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL VA SOHIBKOR MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARIDA O’RGANISHLAR OLIB BORILDI 

×

 2023-02-21 19:00:05    86

PDF yuklash
Chop etish


Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inlarida o’rganishlar olib borildi 


1-sektor hududidagi Tul mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholi bilan uchrashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev "Mahallabay" tizimi asosida fuqarolarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni mahalla "beshligi" bilan birgalikda o’rgandi. Fuqarolar ham o’z navbatida muammo va kamchiliklar xususida tuman hokimiga murojaat etdilar.


Aytish lozimki, mahallada o’tgan yili davomida elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish va ichki yo’llarni ta'mirlash bo’yicha amaliy ishlar qilindi. Bunday amaliy ishlar bu yili ham mahalla hududida davom ettiriladi.


Shuningdek, mahallada bo’lgan tuman hokimligi hotin-qizlar bo’limi boshlig’i, tuman hokimi o’rinbosari Madinaxon Safarova, "Mahalla" xayriya jamoat fondi raisi Rasuljon Mirsaidov boshqa mutasaddilar bilan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida aholi bilan uchrashdilar. Mahalla fuqarolar yig’ini binosida bo’lib o’tgan ochiq muloqotda mahalladagi nomurosalik ko’chasiga kirib qolgan oilalar yarashtirildi.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram