Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 226 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIL - MILLAT KO’ZGUSI

×

 2022-10-21 18:58:39    109

PDF yuklash
Chop etish


21-oktyabr —o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Shu munosabat bilan So’x tumani hududlarida turli tadbirlar, uchrashuvlar, davra so’hbatlari va ma'naviy-ma'rifiy soatlar o’tkazilmoqda. Aytish lozimki, mazkur tadbirldarni tashkil etishda tumanda joylashgan harbiy qismlari askar va zobitlari ham hissa qo’shishmoqda.

Bugun 1-sektor hududidagi Umbara mahallasining 16-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida “Til – millat ko’zgasi” mavzusida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tumandagi 16-sonli maktabi o’quvchilari va Devayron mahallasidagi 9208R harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktori G’ayratjon Homidjonov ochib, o’zbek tili bayrami kuniga maktab o’quvchilari puxta tayyorgarlik ko’rganliklari va bunda hududdagi harbiy qism askar va zobitlari ham hamkorlik qilganliklari haqida gapirdi. - O’zbek tili bayrami armiya va mahalla o’rtasidagi hamkorlikni yanada quchaytiradi, - dedi maktab direktori.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan she'r va qo’shiqlar guldastasi tomoshabinlar ko’ngliga ko’tarinkilik bag’ishladi. Askar va zobitlar tomonidan yanragan ko’shiqlar va til haqidagi she'rlar ishtirokchilarga ma'naviy zavq baxsh etdi.

Shuningdek, bugun sanaga bag’ishlab, Lenbur mahalalsidagi 18-sonli UO’T maktabida ham maktab ma'muriyati va harbiy qism hamkorligida o’zbek tili bayramiga bag’ishlab, tadbir o’tkazildi. Mazkur maktabda tashkil etilgan kitobxonlik kechasida maktab o’quvchilari va xarbiylar o’rtasida mushoiralar tashkil etildi va tadbirda ishtirok etganlar tomonidan o’zbek tili va uning shukuhi tarannum etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram