Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 233 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JOYLARDA QAROR IJROSI TA'MINLANMOQDA

×

 2022-10-17 11:52:27    84

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 noyabrdagi 20-sonli “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida So’x tumanida ham aholi bandligini ta'minlash, ularning daromadini oshirish maqsadida ochiq elektron tanlov orqali 0,15 gektardan yer maydonlari ijaraga berilmoqda.

Tumanimizning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida ham «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro’yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash maqsadida ushbu tanlovlar o’tkazildi. Mutasaddi idoralar vakillari, mahalla fuqarolar yig’inlari mutasaddilari bilan ijaraga berishga belgilangan yer maydonlarini elektron tanlovda g’olib chiqgan fuqarolarga tarqatib berish ishlari amalga oshirildi.

Mahalla raisi Subhonali Nishonovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur tadbir adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida tashkil etildi. Mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida ijarachilarga berilgan muayyan hajmdagi yer maydonlari - lotlar tarqatib berildi.

- Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, 12.01.2022 yildagi 18-sonli qarori – “Elektron onlayn-auktsion va tanlovlarni tashkil etish hamda o’tkazish tartibini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham qabul qilingan. Bizning mahalladan yer maydonlari asosan birinchi navbatda “Daftarlar”dagi fuqarolarga berildi va bu albatta, inson manfaatini himoyalashda eng asosiy omil deb o’ylayman, - deydi mahalla raisi Subhonali Nishonov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram