Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 187 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA FUQAROLARIMIZ UCHUN DAROMAD MANBAIGA AYLANADI

×

 2022-10-12 17:59:44    86

PDF yuklash
Chop etish


        Ayni kunda Qal'acha mahallasining Javpaya massivida issiqxona barpo etgan fuqarolarimiz yang mavsumga tayyorgarlik ko’rish uchun harakatga kirishgan. Eslatib o’tamiz, Javpayada Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan 147 ta issiqxona barpo etilgan va bundan 37 tasi subsidiya asosida kam ta'minlangan fuqarolarga berilgan.

        Qal'acha mahallasida yashovchi Aliboy To’xtayevning so’zlariga ko’ra, agar inson harakat qilsa, albatta, ishining barakotni ko’rar ekan. Aliboy-aka ushbu narsani o’z faoliyati misolida bizga aytib berdi.

        - O’tgan yili 6 sotix joyda biz ham issiqxona tashkil etdik. Albatta, suv tanqisiligi bois, ishning boshida sal o’ylandik ham, lekin tuman hokimligi tomonidan suv yetkazib berish natijasida harakat qildik, limon, pomidor bodring kabi ziroatlarni ekdik, parvarishladik va bundan daromad ham oldik. Bodringning o’zidan salkam 2 000 000 so’m daromad oldim. Hozirgi kunda qariyb 70 to’p limon ko’chatimiz bor, bari harakatimiz ushbu ko’chatlarni parvarishlashga yo’naltirilgan. Xudo hohlasa, yangi yilga mo’ljallab, pomidor va bodring ekamiz. E'tibordan mamnunmiz, - deydi Aliboy-aka.

        Darhaqiqat, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, harakat qilinsa, ko’zlangan niyatga har bir inson albatta yetadi. Ishonchimiz komilki, Javpaya massivi yaqin kelajakda fuqarolarimiz uchun darmad manbaiga aylanadi.

        Ayni kunda mazkur hududda ochiq yer maydonlarini o’zlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilyapti. Viloyatdan safarbar etilgan maxsus texnikalar yordamida 230 gektar yer maydonida anor plantatsiyasi tashkil etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram