Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISHLOQ AYOLLARIGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2022-10-11 10:05:31    85

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda 15 oktyabr - “Xalqaro qishloq ayollar kuni” kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan tumanimizning barcha hududlarida sanaga bag’ishlab turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, o’tkazilmoqda. Zotan ayollarimiz, mo’nis onxonlarimiz hamisha e'tibor markazida. Ayolga bo’lgan e'tibor davlatimizda siyosat darjasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Tumanimizning 3-sektori hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlari  - Hushyor, Sebzor, Qaqir, Qizilqiyoq mahalallalari mutasaddilari tashabbusi bilan mazkur hudud xotin-qizlari uchun tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda so’z olganlar Prezidentimiz tomonidan ayollarga bo’lgan e'tibor, ularni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar haqida gapirib, ushbu e'tibor uchun samimiy so’zlar bilan minnatdorlik bildirdilar. Tadbir haqiqiy tantana va bayram kechasiga aylanib ketdi.

Asosan o’tkazilayotgan mazkur tadbirlarda ayol zotiga hurmat va ehtirom ko’rsatilayotir. Zotan, onalarimiz, muhtarama ayollarimiz va xotin-qizlarimiz barcha e'zoz-e'tiborga loyiqdirlar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram