Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ONALAR HAMISHA ARDOQDA

×

 2022-10-06 18:38:21    83

PDF yuklash
Chop etish


        15 oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollar kuni” ga bag’ishlab So’x tumanida ham turli tadbirlar, uchrashuv, davra suhbatlari bo’lib o’tmoqda. Asosan o’tkazilayotgan mazkur tadbirlarda ayol zotiga hurmat va ehtirom ko’rsatilayotir. Zotan, onalarimiz, muhtarama ayollarimiz va xotin-qizlarimiz barcha e'zoz-e'tiborga loyiqdirlar.

        Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonli Nishonovning so’zlariga ko’ra, mahalla mutasaddilari hududdagi nuroniy onaxonlar holidan muntazam xabar olib turishadi. Bugun mahalla mutasaddilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2015 yildagi 237-sonli qaroriga asosan mahalladagi OShP vakillari bilan uymauy yurib, asosan nuroniy onaxonlar va nogironligi bo’lgan xotin-qizlar holidan xabar oldilar.

        - Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bizning ayollarimiz har doim e'zoz va e'tiborda. Tashkil etilayotgan tadbirlar “Keksalar haftaligi” doirasida o’tkazilayotganligi ham biz kirib borayotgan har bir xonadon egasiga bir olam quvonch bag’ishlamoqda. Bu gal mahallamizning tibbiyot xodimlari bilan ularning xonadonlariga kirib borib, eng avvalo ularning holidan xabar oldik va tibbiy muolajalardan so’ng har birlariga Prezidentimiz tomonidan berilgan sovg’a - dori-darmonlar manzilli yetkazildi, - deydi mahalla raisi.

        So’x tumanida bo’lajak sana oldidan turli tadbirlar o’tkazilayotir. Ayollar bandligini ta'minlashga qaratilgan aktsiyalar ham xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor samarasidir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram