Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 195 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT ChEGARA BILMAYDI

×

 2022-04-23 13:27:24    97

PDF yuklash
Chop etish


SAXOVAT ChEGARA BILMAYDI

         Saxovat chegara bilmaydi. Ayni kam ta'minlangan, ijtimoiy kumakka muhtoj, nogironligi bor, ko'p bolali oilalar holidan xabar olish va ularga moddiy kumak berish, ayniqsa, ro'zai ramazon oyida, xalqimizga xos fazilat hisoblanadi.

         Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Dodoxon Hasanovning bizga bildirishicha, mahallada saxovatpesha insonlar, homiylar ko'magida ushbu xayrli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

         - Ikki kun davomida saxovatpesha homiylar va qo'li ochiq tadbirkorlar kumagida 35 nafar ijtimoiy kumakka muhtoj va kam ta'minlangan fuqarolar oilalariga hayot uchun zarur bo'lgan un mahsulotini manzilli yetkazib berdik. Albatta, ushbu ezgu tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagan hokimylarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz, - deydi mahalla raisi Bahodir Safoyev.

         Darhaqiqat, saxovat bilan amalga oshirilgan har bir harakat javobsiz qolmaydi. Ramazon oyida mana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy bo'lishi xxalqimizning ko'ngli va qo'li ochiqligining dalolatidir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati