Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XORIJIY TILLARNI O'RGANIShGA E’TIBOR – DAVR TALABI

×

 2022-02-24 15:04:02    115

PDF yuklash
Chop etish


XORIJIY TILLARNI O'RGANIShGA E’TIBOR – DAVR TALABI

         Respublikamizda xorijiy tillarni o'rganishga qaratilgan e'tibor barkamol avlod kelajagini ko'zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

         Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Farg'ona viloyati hududiy vakilligi rahbari Azizaxon Rahmatova So'x tumanida bo'lib, tumanda ushbu yo'nalishda amalgga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, soha vakillariga o'zining taklif va tavsiyalarini berdi.

         Xalq talimi bo'limida maktab direktorlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda tashrifning asosiy maqsad va vazifalari tushuntirildi. Davra so'hbati tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda xorijiy tillar fan o'qituvchilarini chet tilini bilish daraja sertifikatlarini sonini kupaytirish yuzasidan fikrlar almashildi.

         Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarining savollariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Farg'ona viloyati hududiy vakilligi rahbaridan batafsil javoblar oldilar.

         Shuningdek, tumandagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida ham ta'lim dargohi bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. O'quvchilarga xalqaro sertifikatlar va ularning imtiyozlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

         Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inidagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida xorijiy til o'qituvchilari uchun tashkil etilgan o'quv-seminar jarayonida ingliz tili fan o'qituvchilariga xalqaro TKT imtihoni uchun bepul MOSK tajriba sinov testlari o'tkazildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati