Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HARBIYLAR VA YoShLAR UChRAShUVI

×

 2022-02-15 20:19:16    137

PDF yuklash
Chop etish


HARBIYLAR VA YoShLAR UChRAShUVI

         Yoshlarni vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash, ular qalbida Ona-yurtga bo'lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar So'x tumanida ham keng ko'lamda olib borilmoqda. Tadbirlarda harbiylarning ishtiroki barkamol avlod ongu shuurida davlatimiz kuch-qudrati va qudratini mustahkam joy olinishida asosiy omil bo'lib xizmat qilayotir. 

         So'x tumani  Rovon mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabida "Xalq va armiya birtanu, birjon!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.

         Maktabning chaqiruvgacha yoshlarni tayyorlash ishlari bo'yicha rahbari Sanjarbek O'runovning ma'lumotiga ko'ra, tashkil etilgan mazkur tadbirda mahalla fuqarolar yig'ini vakillari, maktab pedagogik jamoasi va talabalar, tumanimizdagi 12 494 harbiy qism askar va zobitlari ishtirok etdi.  

         Tadbir avvalida xizmat burchiga sodiq qolib, qahramonlarcha halok bo'lgan harbiy xizmatchilar jasorati yodga olindi.

         Shuningdek, kun davomida Qurolli Kuchlar faxriylari, Mudofaa vazirligiga qarashli 12494-harbiy qism ofitserlari va harbiy xizmatchilari hamkorligida maktabning 9, 10 va 11-sinflari uchun "Jasorat" darslari o'tkazildi.

         O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan askar va zobitlar tomonidan tashkil etiilgan armiyamiz qudrati bo'lmish qurol-aslahalar ko'rgazmasi ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi va bunday tadbirlarni muntazam tashkil etilishiga kelishib olindi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati