Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yoshlar yetakchilari uchun o'quv-seminar tashkil etildi

×

 2022-01-26 16:26:11    96

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar yetakchilari uchun o'quv-seminar tashkil etildi

         Bugun Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'inidagi 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-92-sonli qarorining 13-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.

         Seminarda yoshlar yetakchilariga mahalladagi yoshlarning toifalari, tarkibi, muammolari, ob'ektlarni o'rganish va «Yoshlar balansi»ni shakllantirish tartibi, mahalladagi yoshni «Yoshlar daftari» va «Yoshlar portali» elektron platformasiga kiritish orqali ularning muammolarini bartaraf etish mexanizmi, mahallada yoshlar bilan ishlashning kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik va yillik «Yo'l xaritalari»ni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tartibi, mahalladagi yoshlar muammolarini taklif sifatida shakllantirib, tuman, viloyat hamda Yoshlar Milliy dasturiga kiritish mexanizmlari, mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va tashabbuslarini rag'batlantirish: mahalladagi yoshlar bilan tuman mutasaddilarining uchrashuvlarini «Hokim va yoshlar», «Sektor rahbari va yoshlar» mavzularida tashkil etish, ularning tashabbuslarini moddiy qo'llab-quvvatlash asoslari to'g'risida bilim va ko'nikmalar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati