AHOLINI RO’YXATGA OLISH JARAYONIDA IQTISODIY XUSUSIYATLARNI ANIQLASH
2021-10-06 15:20:38 106
Aholini ro’yxatga olish doirasida shaxslarning iqtisodiy xususiyatlariga oid statistik ma'lumotlarni to’plash zarurati ko’plab sabablarga bog’liq. Mamlakat iqtisodiy tuzilmasining keng qamrovli suratini, shuningdek, ish rejimlarini tuzish, mehnat bozorida ishtirok etish va mamlakat aholisining mehnatidan kam foydalanish tizimini yaratish uchun shaxslarning samarali faoliyati to’g’risidagi ma'lumotlar juda muhimdir. Ushbu ma'lumot boshqa shaxslar tomonidan berilgan malumotlar bilan birgalikda, aholini ro’yxatga olish doirasida yig’ilgan uy xo’jaliklari va uy-joylar, shaxslar va uy xo’jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini baholashga imkon beradi. Bu esa, ish o’rinlarini yaratish, kambag’allikni kamaytirish, ish va shaxsiy hayot o’rtasidagi munosabatlar, kasb-hunar ta'limi va o’qitish, ijtimoiy ta'minot yo’nalishlari va boshqa ijtimoiy nafaqalar bo’yicha imtiyozlar berish, gender tenglik va ijtimoiy inklyuzivlik, fuqarolar ishtiroki va boshqalar bilan bog’liq.
Aholini ro’yxatga olish statistik ma'lumotlarni boshqa manbalarga nisbatan solishtirish imkonini beradi. Aholini ro’yxatga olish ko’plab kuzatuv savolnomalari uchun namuna olish imkonini beradi, jumladan uy xo’jaliklari kuzatuvlari va ishchi kuchi kuzatuvlari so’rovnomalari va boshq. Mamlakatning milliy manfaatlarida asosiy hususiyatlarni qamrab olishni ta'minlash, tanlama kuzatuvlarda asos bo’lib xizmat qiladigan ishonchli ma'lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, kichik tumanlar va kichik aholi guruhlari bo’yicha asosiy statistik ma'lumotlarni olish hamda tarmoqlar va yo’nalishlarning kichik guruhlarga ajratilishini ta'minlanlaydi.
G’. Mamajonov - Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram