MAHALLA OBOD BO’LYAPTI
2021-10-02 11:44:52 124
Tumanimizning barcha hududlarida ayni kunda keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tumanning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Suvhonali Nishonovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur mahalla hududida joylashgan eski qabriston atrofiga homiylarning moddiy ko’magi asosida mahalla raisi o’rinbosari, jamoat ishiga jalb etilgan fuqarolar hamda ko’ngilli fuqarolar ishtirokida temir profildan devor qurildi.
Shuningdek, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan Zarmiyon mahallasiga ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida quvuri tortish va montaj ishlari jadallik bilan davom etayotir.
Aholiga har tomonlama qulayliklar yaratish maqsadida ham mahallada amaliy ishlar qilinmoqda. Ichki ko’chalarni betonlashtirish ishlari bunday ishlarning misolidir. Betonlashtirish ishlari bevosita jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilayotir.
Bunday e'tibordan bahramand bo’layotgan mahalla ahlining tilida shukronalik va minnatdorlik mujassam.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram