Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA OBOD BO’LYAPTI

×

 2021-10-02 11:44:52    54

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizning barcha hududlarida ayni kunda keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tumanning Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Suvhonali Nishonovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur mahalla hududida joylashgan eski qabriston atrofiga homiylarning moddiy ko’magi asosida mahalla raisi o’rinbosari, jamoat ishiga jalb etilgan fuqarolar hamda ko’ngilli fuqarolar ishtirokida temir profildan devor qurildi.

        Shuningdek, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan Zarmiyon mahallasiga ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida quvuri tortish va montaj ishlari jadallik bilan davom etayotir.

        Aholiga har tomonlama qulayliklar yaratish maqsadida ham mahallada amaliy ishlar qilinmoqda. Ichki ko’chalarni betonlashtirish ishlari bunday ishlarning misolidir. Betonlashtirish ishlari bevosita jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilayotir.

        Bunday e'tibordan bahramand bo’layotgan mahalla ahlining tilida shukronalik va minnatdorlik mujassam.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram