QARISI BOR UYNING PARISI BOR
2021-09-28 17:48:41 211
Darhaqiqat, ota-bobolarimiz ushbu naqlni bejizga aytishmagan. Qariyalarimiz, nuroniy otaxonu onaxonlarimizni asrab avaylab, ularning holidan hamisha xabardor bo’lish, ularning duolarini olish bugungi avlod uchun ham qarz, ham farzdir.
Hushyor mahallasida yashovchi nuroniylar - Yoqubjon Zaripov, 93-yoshni qarshilagan Begali Boltayevdek So’xining asl farzandlari xonadonlarida bo’ldik.
"So’xdon" MChJ boshqaruv raisi, tadbirkor Habibullo Yormatov va tuman hokimi o’rinbosari Bobosodiq Latipov nuroniy otaxonlarimizning samimiy so’hbatidan bahramand bo’lishdi. So’xning kechagi kuni, buguni haqida gapirildi. Tumanning porloq kelajagi haqida ham fikrlar bildirildi.
Davlat rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor haqida to’lqinlanib gapirgan nuroniylarimiz yaxshi niyatlar ila duoga qo’l ochishdi.
Ehtirom va e'tibor ramzi sifatida otaxonlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg’alar taqdim etildi. - Inson farzandi uchun e'tibordan bo’lak yuksak mukofot yo’q, bunday e'tibor va tashrifdan boshimiz ko’klarga yetdi, Sizlar uchun ko’ngil uyimiz har doimm ochiq, rahmat Sizlarga, - deya mo’safidlarimiz duolar qilishdi.
Darvoqe, Vatan sarhadlari qo’riqchilari - 12494-sonli harbiy qism askar va zobitlari ham nuroniylar holidan hamisha xabardor bo’lishadi. Askar va zobitlar tomonidan Begali Boltayev xonadoni shag’allashtirildi. Harbiylar tashabbusidan boshi ko’kka yetgan otaxon samimyi so’zlar bilan minnatdorlik bayon etdilar.
Eslatib o’tamiz, tumanimizda ushbu yo’nalishda, ya'ni keksa-nuronylarni e'zozlash yo’nalishida tizimli ishlar amalga oshirimoqda. O’Zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh. M. Mirziyoyevning saylovoldi Dasturiga asosan So’x tumanida nuroniylar dam olish maskani bunyod etiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram