TUMAN PROKURORI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2021-09-15 18:21:14 147
Aholi daromadlarini oshirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va shu orqali aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash va farovonligini oshirish masalalari So’x tumani prokurorining Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inidagi sayyor qabulida o’z aksini topdi.
Ommaviy qabulga tashrif buyurgan fuqarolar So’x tumani prokuroriga muammo va kamchliklari yuzasidan murojaat etishdi.
Tadbirda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur hududga biriktirilgan mas'ul xodimlari, sektor shtabi a'zolari va tashkilot-korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Fuqarolarimizni o’z hayotidan rozi bo’lib, ertangi kunga qat'iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta'minlash bo’yicha oldimizga qo’ygan vazifalarni izchil amalga oshirish zarurligidan kelib chiqib, ommaviy (sayyor) qabulda kelib tushgan murojaatlarni to’laqonli ko’rib chiqish bo’yicha So’x tumani prokurori tomonidan tegishli mansabdor shaxslarga zarur topshiriqlar berildi.
Berilgan topshiriqlar ijro etilgan yoki etilmaganligi borasida bir oydan keyin hisobot berilishi ta'kidlandi,- deya bizga xabar bermoqda mustaqil bloger Dadaxon Hasanov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram