O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIGA KIRITILGAN O’ZGARTISHLAR
2021-03-26 09:46:02 188
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquq normalarining aniq va bir xilda talqin qilinishini ta'minlash maqsadida hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining uzviy davomi sifatida, O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 8 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi 671-sonli Qonunining birinchi moddasiga asosan 1992 yil 8 dekabrda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga quyidagi o’zgartishlar kiritildi:
1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom, prinyatыm” degan so’zlar “zakonami, prinyatыmi” degan so’zlar bilan;
2) 33-moddaning ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so’z “zakonami” degan so’z bilan;
3) 85-modda to’rtinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so’z “zakonodatelnыmi aktami” degan so’zlar bilan;
4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so’z “zakonodatelnыmi aktami” degan so’zlar bilan;
5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining o’zbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan so’zlar “qonunchilik” degan so’z bilan;
6) 98-modda uchinchi qismining o’zbekcha matnidagi “qonun hujjatlariga” degan so’zlar “qonunchilikka” degan so’z bilan;
7) 100-modda sakkizinchi xatboshisining o’zbekcha matnidagi “qonunlariga” degan so’z “qonunchiligiga” degan so’z bilan almashtirildi;
8) shuningdek 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:
”O’zbekiston Respublikasida sud tizimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma'muriy sudlardan iboratdir;
9) bundan tashqari, 117-modda sakkizinchi qismining o’zbekcha matnidagi “qonunlarga” degan so’z “qonun hujjatlariga” degan so’zlar bilan almashtirildi.
Shu qatori, mazkur Qonuning ikkinchi moddasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirishi va davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlashlari hamda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta'minlashi belgilandi.
Shu o’rinda, barcha qonunlar xalq manfaatlarini ifoda etib, birinchi galda aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!” degan hayotiy g’oyani mustahkamlab borish shiddat bilan odimlab borayotgan davr talabidir.
X.Xoliqov - Jinoyat ishlari bo’yicha
Farg’ona tuman sudining sudyasi
F.Raxmonov - Farg’ona viloyat sudi
bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram