MUAMMO BARTARAF ETILDI
2020-12-21 15:06:11 194
MUAMMO BARTARAF ETILDI
“MUROJAAT – SUX TUMANI” ( https://t.me/murojaat_sux) telegram-guruhimizga tumanimizning barcha mahalla fuqarolar yig'inlaridan turli mavzularda murojaatlar kelib tushadi va albatta, har bir murojaat alohida hisobga olinib, murojaatlarda keltirilgan muammo-kamchiliklarni yechilishiga e'tibor qratiladi. Albatta, xalqimizni qiynayotgan muammo va kamchiliklar talygina. Ba'zi muammolar tezda va joyida bartaraf etilsa, ba'zi murojaatlarning yechimi vaqt va muddat talab etadi.
Xabaringiz bor, guruhimizga Tul mahalla fuqarolar yig'ini, “Yoshlik” ko'chasida yashovchi bir guruh fuqarolardan elektr-energiyasi muammosi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mahalladagi ushbu ko'chaga yangi transformator o'rnatilgan bo'lsada, undagi simyog'ochlar ma'nan eskirib, yoshini o'tab bo'lgan va yaroqsiz holatga tushib qolgan va ushbu murojaat tegishli idora va tashkilotlarga o'rganish uchun taqdim etilgan edi.
Murojaatga javoban So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev say-harakati va viloyat XETK AJ rahbariyati ko'magi asosida Tul mahallasi “Yoshlik” ko'chasidagi muammo o'z yechimini topadigan bo'ldi. Farg'ona viloyat XETK AJ bosh direktori Dilshod Djalilov tomonidan ushbu mahallaga yang temir-beton tayanchlar olib kelindi va mutaxassislarning ma'lumotiga ko'ra, ushbu moslamalar o'rnatib bo'lgandan so'ng mahallada elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar butkul bartaraf etiladi.
E'tiborga javoban ushbu ko'cha ahli nomidan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, Farg'ona XETK AJ bosh direktori Dilshod Djalilov, tuman ETK boshlig'i Sherzod Rahimovlarga minntadorlik xati ham yo'llangan. - Talab va iltimoslarimiz natijasiz qolmaganidan biz Tul mahalla fuqarolar yig'ini “Yoshlik” ko'chasida yashovchi aholi tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, Farg'ona XETK AJ bosh direktori Dilshod Jalilov va tuman ET korxonasi rahbari Sherzod Rahimovlardan xursandmiz va minnatdorligimizni aytmoqchimiz. Ularning say- harakatlari orqali ko'chalarimizga yangi stolbalar o'rnatilmoqda...”, - deyiladi mahalada yashovchi fuqaro Guldiyor Ergashevning bizga yo'llagant maktubida.
Aytish lozimki, har bir murojaat negizida fuqarolarimizning dardu tashvishlari, muammo va kamchiliklari, ularning taqdiri mujassam va mutasaddi rahbarlar fuqarolarimiz tomonidan taqdim etilayotgan murojaatlarga befarq bo'lmasalar, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Hurmatli Sux tumani fuqarolari! Agar Sizni biron bir muammo o'z girdobiga olgan bo'lsa yo kamchiliklardan qiynayotgan bo'lsangiz, bizga - https://t.me/murojaat_sux yoki https://t.me/suxliklars telegram-kanaliga murojaat eting. Iltimos, murojaat yo'llayotganda o'rnatilgan tartiblarga rioya eting. Murojaatda ismingiz, familiyangiz, yashash manzilingiz va telefon raqamingizni ko'rsatishni unutmang. Chunki murojaatlar mutasaddi rahbarlar tomonidan manzilli o'rganilishi mumkin.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati