Asosiy masala - xotin-qizlar bandligini ta'minlash
2020-09-17 18:01:47 184
Asosiy masala - xotin-qizlar bandligini ta'minlash
2020 yil 8 avgust kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg'ona viloyatining So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 4798-sonli qarori hamda ushbu tarixiy qarorning chora-tadbirlar Dasturining 3-bandida “Sebzor” MFY hududida “Mikrokreditbank” ATB xususiy sherikchiligi asosida adras, atlas va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “To'quv tikuvchilik” kooperatsiya markazini tashkil etish hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan kooperatsiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishni tashkil etish va bu orqali kam ta'minlangan oilalar vakillari bo'lgan 120 nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, hamda 12-bandida qo'lda to'qiladigan gilamchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish ko'rsatilgan. Bu yo'nalishda tumanimizda birinchi qadam qo'yildi.
Tuman madaniyat o'yida tuman hokimi S. Sayidmusayev va “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari Ibrohimjon Sultonov ishtirokidagi Suxlik xotin-qizlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ayni shu masalalar muhokama etildi. Uchrashuvda Sux tumanida tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, ayniqsa, xotin-qizlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida gapirildi.
-“Biz Suxlik xotin-qizlarni korxonamiz tarkibida atlas-adras ishlab chiqarish, gilamchilik va do'ppido'zlik yo'nalishlari bo'yicha o'qitishga tayyormiz. Maqsadimiz Sux tumani xotin-qizlarini hunarmandchilikka yo'naltirish va Suxda ham ushbu sohani rivojlantirishdan iborat. “Ismoiljon gilamlari” korxonasida ishchilar va o'rganuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratib qo'yilgan. Hatto yosh bolali onalarimizga ham o'zimizning bog'chamiz bor. Suxdan borgan o'rganuvchilarga vaqtincha uy-joy masalasida ham yordam beramiz”, - dedi o'z so'zida Ibrohimjon Sultonov.
Kelishuvga ko'ra, yaqin kunlarda 60 nafar Suxlik xotin-qizlar Marg'ilon shahridagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga 1 oylik o'quv kurslariga savfarbar etiladi. O'z navbatida bunday e'tibor va saxovat uchun xotin-qizlar korxona rahbarigao'z minnatdorliklarini bildirishdi. Sux tumanidan “Ismoiljon gilamlari” korxonasiga ekskursiya tashkil etiladigan bo'ldi.
Agar Suxda atlas-adras ishlab chiqarish, gilamdo'zlitk va do'ppido'zlik kabi yo'nalishlarda ishlar boshlanib ketsa, yaqin 500 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanadi. Sux tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bӯyicha ӯrinbosari Bobosodiq Latipovning so'zlariga ko'ra, Sux tumanida viloyat hokimi Sh. M. G'aniyev tashabbusi bilan qiymati 2,5 milliard so'm bo'lgan hunarmandchilik markazi qurilishi rejalashtirilgan.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati