O'zbekistonda ov qilish muddatlari belgilandi
2020-08-07 10:30:19 213
O'zbekistonda ov qilish muddatlari belgilandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ov qilish va ovchilik xo'jaligi to'g'risida”gi Qonunni imzoladi.
Qonunga muvofiq, ovchilik xo'jaligi quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
• hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga doir biotexnik tadbirlarni o'tkazish;
• yovvoyi hamda tutiladigan yovvoyi hayvonlarning hisobini yuritish;
• yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish.
Qonunga ko'ra, tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, ov qilish joylariga, shu jumladan ovchilik xo'jaligidan tashqariga qo'yib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir va Davlat ovchilik fondini tashkil etadi.
Yovvoyi hayvonlani tutishga doir har yilgi kvota hamda qo'shimcha kvota Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to'lash asosida amalga oshiriladi.
Ovchilik xo'jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to'g'risidagi shartnoma yuridik va jismoniy shaxslar bilan tasarrufida ov qilish joylari bo'lgan quyidagi davlat organlari o'rtasida 3 yildan 10 yilgacha bo'lgan muddatga tuziladi:
B.Enazarov - So'x tuman adliya bo'limi
bosh maslahatchisi