Hazrati Ali fuqarolar yig'inida asalarichilik maktabi
2020-07-22 20:03:10 202
Hazrati Ali fuqarolar yig'inida asalarichilik maktabi
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"-gi qarori qabul qilinishi bilan Sux tumanida ham mazkur sohaga e'tibor yanada kuchaydi. Xususan, tumanning Hazrati Ali mahallasida asalarichilikni rivojlantirishga berilayotgan e'tibor bugun o'zining yuksak natijalarini bermoqda. Mahalla raisi S. Nishonovning so'zlariga kӯra, ishsiz bo'lgan Fotimaxon Shukurova mahallada asalarichilikni yo'lga qo'ydi va buning natijasida ish bilan ta'minlandi. Tadbirkor bugun o'z fa'oliyatini kengaytirib, asalarichilik maktabini yo'lga qo'ymoqchi. Mahalla deputati tadbirkorni har tomonlama qo'llab-quvvatlab, bank tomonidan imtiyozli kredit olishida yaqindan yordam berishini ma'lum qildi. Bir so'z bilan aytganda, Hazrati Ali mahallasida xalq manfaati yo'lida katta o'zgarishlar ro'y bermoqda.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati