Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIZILQIYOQ MAHALLASIDAGI ICHKI YO’LLAR ASFALTLASHTIRILADI

×

 2024-03-28 15:19:49    231

PDF yuklash
Chop etish


Qizilqiyoq mahallasidagi ichki yo’llar asfaltlashtiriladi

Tumanimiz hududida ichki yo’llarni ta'mirlash, asfalt qoplamasi yotqizishga tayyorlash bo’yicha ayni kunda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Turli loyiha va dasturlar orqali ushbu yo’nalishda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilyapti.

Ma'lumot uchun: So’x tumanida 2023 yilda ichki yullarni yaxshilash maqsadida 73,3 kilometr ta'mirlash va qurish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlarga 34 milliard 500 million so’m mablag’ sarflandi.

Ayni kunda Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ichki ko’chalarni asfaltlash maqsadida dastlabki ishlar amalga oshirilayotir. Ichki yo’llarni asfaltlashga tayyorlash va uning asosini tayyorlash maqsadida mahallada ayni damda shag’al qoplamasi yotqizish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Mazkur mahallada asfaltlashtirish ishlari Jahon Bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadga, ya'ni yo’llarni rekonstruktsiya qilish ishlariga 2 milliard 797 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

Ma'lumot uchun: 2024 yilda ichki yullarni yaxshilash maqsadida 56 kilometr ta'mirlash va qurish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, mazkur ishlarga 28 milliard so’m mablag’ sarflanishi rejaga kiritilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram