Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI TASHABBUSI VA AMALIY KO’MAGI BILAN JAVPAYADAGI ISSIQXONALAR HUDUDIGA HAM SUV TORTISH ISHLARI BOSHLAB YUBORILDI

×

 2023-05-24 10:48:59    75

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi tashabbusi va amaliy ko’magi bilan Javpayadagi issiqxonalar hududiga ham suv tortish ishlari boshlab yuborildi

Tumandagi Javpaya massivida qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlarni o’zlashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlar o’zining samaralarini bermoqda. Mazkur massiviga bevosita biriktirilgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va tuman hokimining birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyevlar muntazam Javpayada issiqxona barpo etgan fuqarolar holidan xabar olishadi, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga ko’maklashadi.

Shuningdek, mazkur massivda tuman hokimi sa'y-harakatlari bilan yangi uzumzorlar barpo etilib, bog’ qator oralariga oshqovoq va torvuz ekilmoqda. Yaxshi niyatlar bilan ekilgan anorlar ham meva berish arafasida.

Tuman prokurori va tuman hokimi birinchi o’rinbosari tadbirkorlar bilan uchrashib, ular bilan suhatlashdi va ko’rib turganingizdek, fuqarolarimiz qilgan mehnat samarasini ko’rishayotir. Qal'acha mahallasida yashovchi Hasanxon Ergashevni har doim issiqxona ichidan topasiz.

Hasanxon har kuni 200 kilogrammgacha bodiring va 80 kilogrammgacha pomidor terib oladi va mahsulotini bozorga chiqarayotgan tadbirkor manfaat topayotganidan xursand. Viloyat hokimi tashabbusi va bevosita amaliy ko’magi bilan Javpaya massivining pastki qismidagi issiqxonalar hududiga ham suv tortish ishlari boshlab yuborildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram