Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BESH TASHABBUS” OLIMPIADASI MAYDONGA YOSH OSHPAZLARNI CHORLAMOQDA

×

 2023-05-05 15:39:39    111

PDF yuklash
Chop etish


“Besh tashabbus” olimpiadasi maydonga yosh oshpazlarni chorlamoqda

Iste'dod, mahorat, intilish va yoshlar harakati sinoviga aylanib qolgan “Besh tashabbus olimpiadasi” endilikda yoshlarimizning pazandachilik mahoratini imtihondan o’tkazmoqda. Tumanimizning “Do’stlik” istirohat bog’ida bo’lib o’tgan “Kasblar tanlovi” musobaqasida yosh oshpazlarning mahorati sinovdan o’tkazildi.

Sektorlar kesimidagi 8 ta mahalladan ishtirok etgan g’olib oshpazlar tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritish uchun o’zaro bellashdilar. Mazkur musobaqada ishtirok etgan So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hamda mahoratli hakamlar oshpazlar mahoratiga baho berdilar.

1-sektordan Devayron mahallasi yosh oshpazi, 2-sektordan Sarikanda mahallasining tanlov ishtirokchisi, 3-sektordan Sharqobod va 4-sektordan So’x mahalla fuqarolar yig’inidan ishtirok etgan yosh oshpazlar g’oliblikni qo’lga kiritib, tuman bosqichiga yo’llanma oldilar. Mahalla bosqichida g’olib bo’lgan yosh pazandalar endi sektor sha'nini tuman bosqichida himoya etadilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram