Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISLOXOTLARIMIZ INSON MANFAATLARI UCHUN

×

 2023-03-22 10:44:40    64

PDF yuklash
Chop etish


   Isloxotlarimiz inson manfaatlari uchun

  So’nggi yillarda qishloq xo’jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, yerdan oqilona foydalanish va ko’p qavatli ishlab chiqarish binolarini qurishni hamda hududlarning sanoat salohiyatini kengaytirishni soliq yukini pasaytirish hisobiga rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta va (yoki) g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari bo’yicha to’langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini bir vaqtning o’zida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining bandligi ta'minlanganda; har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to’lash tarzidagi daromad mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo’lmagan miqdorda belgilanganda; paxta va (yoki) g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaligi o’tgan yil yakuni bo’yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda qaytarib berish tartibi joriy etilmoqda.

Qarorga ko’ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo’mitasi bir oy muddatda respublika byudjetidan paxta va (yoki) g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarining hisob raqamlariga ularning ishchilarining mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari bo’yicha to’langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan keyin to’liq miqdorda qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish belgilangan.

Shuningdek, qarorda 2023 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari yangi qurilgan ko’p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan (respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha hisoblangan summani uch qavatli binoga — 0,9, to’rt qavatli binoga — 0,8, besh qavatli binoga — 0,7, olti qavatli binoga — 0,6, yetti va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo’llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo’lmagan muddatga to’lashi nazarda tutilgan.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz joizki yurtimizda qabul qilinayotgan xar bir qonun va qaror ortida eng avvalo insonlarning manfaatlari yotibdi va ushbu hujjatlarning qabul qilinishi natijalari bo’yicha esa fuqarolarimizning farovan hayot kechirishiga o’zining ijobiy samarasini bermoqda.

 

F.Amanov - Farg’ona viloyat sudining sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram