Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN JAVPAYA ZAMINIGA BIRINCHI NIHOL O’TQAZILDI

×

 2023-03-13 19:18:51    60

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Javpaya zaminiga birinchi nihol o’tqazildi

Bugun hammaning nigohi tumanimizning Javpaya massiviga qadalgan. Chunki bu yerda tarixiy o’zgarish va yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Javpyaa kengliklarini sug’orish maqsadida qilingan amaliy ishlar bugun o’z samarsini berdi. Bu tashnajon yerlarga obi hayot yetib keldi. Suv yetib kelishiga qadar soha mutaxassislari tomonidan ko’p mashaqqatli ishlar qilindi. Hatto kechalari ham suv chiqarishdagi harakatlar aslo tingani yo’q.

Farg’ona viloyati hokimi tashabbusi bilan boshlangan ezgu niyatli xayrli amallar bugun o’z mevasini berishga shay. Dastlabki 400 gektar yer maydoni hududdagi fuqarolarga 50 sotixdan taqsimlab beriladi.

Jayapayada bugun har qachongidan ham ko’p odamlar to’planishgan. Berilayotgan e'tibordan xursand xalqimiz minnatdorchilik bilan o’z yer maydonlariga ega bo’lishmoqda. Olib kelingan dastlabki mevali daraxt – o’rik nihollari fuqarolarga berilmoqda. Fuqarolarimiz orzu niyatlar bilan birinchi nihollarni Javpaya zaminiga o’tqazishdi.

Bugun Javpayaga Respublika va mahalliy ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Jurnalistlar ham bugun tumanimizdan katta taassurot bilan qaytishmoqda.

Eng asosiysi, xalqimizning xursandchiligi. – O’tqazayotgan bu nihollardan umidimiz katta, chunki bir kuni kelib o’z mevasini beradi va biz ham o’z daromad manbaimizga ega bo’lamiz, buning uchun Prezidentimizga va inson manfaati yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarga rahmatlar aytamiz, - deydi birinchilardan bo’lib Javpayadan yer maydoni olgan bo’lg’usi bog’bon Dodxudo Yunusov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram