Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDA FOREL BALIG’I YETISHTIRISH INVESTITSION LOYIHASI BO’YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

×

 2023-03-11 16:24:29    65

PDF yuklash
Chop etish


Tumanda forel balig’i yetishtirish investitsion loyihasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda

So’x tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tadbirkorlik va ayniqsa, ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar qilinmoqda. Eron islom Respublikasidan tumanga kelgan investorlar tomonidan So’xda baliq yetishtirish uchun qulay muhit borligi ta'kidlangan.

Ayni kunda So’xlik tadbirokrlar tomonidan ushbu yo’nalishda ishlar olib borilyapti. So’x daryosi qirg’oqlarida tadbirkor Ilhom Homidjonov tomonidan tashkil etilayotgan hovuzlar bunga misol bo’la oladi.

Bugun tadbirkor tomonidan forel balig’i yetishtirish uchun maxsus beton hovuzlar barpo etilmoqda. Hovuzlardan 5 tasi 32x3 metr hajmda bitkazilib baliq boqishga tayerlandi.

Shuningdek, ushbu yo’nalishda tadbirkor, “FRESN FAREL" MChJ qo’shma korxonasi rahbari Olimjon Domulloyev tomonidan ham amaliy ishlar olib borilayotir. So’x daryosi o’zanida tadbirkorlar tomonidan qolgan hovuzlarning qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram