Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUKOFOT MUBORAK!

×

 2023-03-08 12:14:46    60

PDF yuklash
Chop etish


MUKOFOT MUBORAK!

Har jabhada faol, mehnatda jonkuyar, zimmasidagi yumushlarda mas'uliyatli, bir qo’li bilan dunyoni tebratadigan ayollarimizni bir so’z bilan ta'rif etamiz – MO’'TABAR! Albatta, bunday darajaga yetishning o’zi bo’lmaydi.

Respublikamizda jamiyatdagi islohotlarda mana shunday faol bo’lgan ayollar va xotin-qizlarimizga alohida e'tibor qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 arel 2018 yildagi 257-sonli “Mo’'tabar ayol» ko’krak nishonini ta'sis etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga asosan har yili 8-mart bayrami arafasida bir guruh jamiyatda faol bo’lgan xotin-qizlarga “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishoni topshiriladi.

Tumanimizda ham ushbu mukofotga loyiq bo’lgan ayollarimiz bor. Bu yili ushbu mukofot tuman hokimligi oila va hotin-qizlar bo’limi mutaxassisi, bir necha yildan buyon Vatan xizmatiga kamarbasta bo’lgan Guloyim Ahmadjonovaga taqdim etildi.

Tumanda bo’lgan bayram tadbirida Guloyim-opaga ko’krak nishoni va 1 200 000 so’m miqdoridagi sertifikat tantanali tarzda topshirildi. Albatta, bu mukofot zahmat va mas'uliyatli mehnat samarasidir.

Biz Guloyim Ahmadjonovani ushbu mukofot bilan barcha So’x tumani ahli nomidan samimiy muborakbod etamiz va opaning kelgusidagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bardavom bo’lsin!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram