Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL MAHALLASIDA UZUNLIGI 21 KILOMETR BO’LGAN ARIQNI TOZALASH MAQSADIDA HASHAR TASHKIL ETILDI

×

 2023-03-06 18:40:46    118

PDF yuklash
Chop etish


Tul mahallasida uzunligi 21 kilometr bo’lgan ariqni tozalash maqsadida hashar tashkil etildi

Bahor fasli kelishi bilan yurtimizda obodonlashtirish va ko’klamzorlashtirish ishlari keng quloch yozadi. Har bir yurtning o’z udum va an'analari bor. So’x tumani mehnatkashlari bahor fasli kelishi bilan ariqlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish, ko’cha-guzarlarni obodonlashtirish, yangi ko’chatlar o’tqazishga karishadi. Eng asosiysi, ushbu yumushlarning aksariyati hashar yo’li bilan amalga oshiriladi.

Tul mahalla fuqarolar yig’ini aholisi ham bugun hasharga chiqishgan. Hasharchilar sa'y-harakati bilan hududdagi 21 kilometr masofadagi mahalla arig’i tozalanadi.

Bugun ham hasharga chiqgan mahala fuqarolari bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. Nuroniy otaxonlar yoshlarga ariq tozalash bo’yicha “mahorat darsi” o’tib berishdi.

Mahalla ayollari ham bugun barcha hasharchilar ko’makdoshi. Pishirilgan chalpak hasharchilarga ulashildi va hasharchilarning tushligiga oshi palov pishirildi.

Bog’bonlar, bobo-dehkonlarga ham mehnat pallasi boshlandi. Har bir soha vakili bugun o’ziga biriktirilgan hududda mehnat qilishmoqda.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram