Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

135 NAFAR TUMAN YOSHLARINI MODDIY QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA 200 MILLION SO’MDAN ORTIQROQ MABLAG’ YO’NALTIRILDI

×

 2023-01-11 17:47:20    66

PDF yuklash
Chop etish


135 nafar tuman yoshlarini moddiy qo’llab-quvvatlash maqsadida 200 million so’mdan ortiqroq mablag’ yo’naltirildi

Respublikamizda yoshlarga bo’lgan e'tibor zamirida ularning buguni va  kelajagi mujassam. Yoshlarga berilayotgan e'tibor negizida ularning bandligini ta'minlash, doimiy ish o’rinlariga ega bo’lishlari, moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash va iste'dodlarini yuzaga chiqarish va albatta munosib rag’batlantirishdek maqsadlar yotadi.     

"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yilida insonga, ayniqsa kelajagimiz vorislariga e'tibor davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylangan. Buning samarasi o’laroq bugun So’x tumanida "Yoshlar daftari"-ga kiritilgan 135 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Tumanimizning harbiy qismlarning birida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani vakillari ishtirok etdilar. Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov tadbirda so’z olib, bunday tadbirlar yoshlarni munosib rag’batlantirishga qaratilgani va bu kabi voqeliklar yil davomida davom ettirilishini ta'kidladi.

Tadbirda 135 nafar tuman yoshlariga  212,5 million so’m miqdorida moddiy ko’mak ko’rsatildi. Yoshlar ishlari Agentligi tuman bo’limi boshlig’i Isojon Mastonovning ma'lumotiga ko’ra, tadbirda 67 nafar yoshlarning to’lov kontrakt mablag’larini qoplash maqsadida 172 million so’m, “Kelajak kasblari” yo’nalishida 46 nafar yoshlarga 25 million 250 ming so’m, 19 nafar yoshlarning xorijga chiqish fuqarolik pasportlari to’lovi uchun 5 million 073 ming so’m, 1 nafarning safarbarlik chaqiruv rezervi mablag’ini qoplash uchun 5 million 778 ming so’m va 2 nafar yoshlarimizning haydovchilik guvohnomasini olish uchun 2 million 400 ming so’m miqdoridagi sertifikatlar taqdim etildi. Shuningdek, tibbiy muassasalarda davolanish uchun ham ma'lum miqdordagi mablag’ to’lab berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram