Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA O’TKAZILAYOTGAN O’RGANISHLAR BAROBARIDA AHOLINING XATLOVI HAM AMALGA OSHIRILYAPTI

×

 2022-11-19 15:33:13    69

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda o’tkazilayotgan o’rganishlar barobarida aholining xatlovi ham amalga oshirilyapti

Aholi bilan ishlash tizimi - “mahallabay” tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlar ushbu yo’nalishda fa'oliyat olib borayotgan barcha mutasaddilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki fuqarolar muammo va kamchliklarnini o’rganishdan boshlab, uning ijobiy yechimini topishga qadar bo’lgan jarayon mahallada fa'oliyat olib borayotgan “beshlik” mas'uliyatiga bog’liq.

Respublikamiz hududida, ayniqsa viloyat miqyosida olib borayotgan o’rganishlar jarayoni “beshlik” o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi desak, mubolag’a emas. Chunki bugun xalqning dardu muddaosi mahalla mutasaddilarining o’zaro hamkorligi orqali o’rganilyapti.

Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Parviz Azizovning ma'lumotiga ko’ra, ayni kunda mazkur mahallada ham o’ragnish ishlari belgilangan tartib asosida olib borilib, aholining muammo va kamchiliklarini o’rganish barobarida xatlov ham o’tkazilmoqda. Mahallada o’tkazilayotgan o’rganishlar jarayonida mahallada fa'oliyat olib borayotgan “beshlik” bilan muammo va takliflar o’rganilmoqda.

- O’rganishlar davomida xonadonbay yurgan holda mahalladagi barcha aholi fikr-mulohazalarini o’rganib, aniqlangan muammolar bo’yicha tizim yaratib, ijroga qaratamiz. Maqsadimiz bir – zimmamizdagi vaziflarni mas'uliyat bilan bajarish barcha fuqarolarimizga va vatandoshlarmizga amaliy xizmat ko’rsatish, - deydi mahalla yoshlar yetakchisi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram