Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO’RISH VA FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH MAQSADIDA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2022-11-03 18:20:41    46

PDF yuklash
Chop etish


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish barobarida aholi, ayniqsa, yoshlar va maktabda tahsil olayotgan o’quvchilar orasida is gazidan zaharlanish, yong’inlarni oldini olishga qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari katta ahamiyatga ega. Zero bunday amaliy ishlarning zamirida inson hayoti va manfaati mujassam.

Shuning uchun, bugun Respublikamiz hududidagi barcha ta'lim dargohlarida favqulodda vaziyatlar sohasi xodimlari ishtirokida yuqoridagi mavzularga oid targ’ibot ishlari olib borilayotir. So’x tuman favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Jaloliddin Jalolovning ma'lumotiga ko’ra, tumandagi Sarikanda mahallasida joylashgan “Barkamol avlod” bolalar maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, is gazidan zaharlanishni oldini olish, yong’inga qarshi kurash, turli favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartib va qoidalarini tushuntirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.

Bunday tadbirlarni o’tkazish bo’yicha Xalq ta'lim vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” Respublika bolalar maktabi va O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Mazkur tadbirning birinchi maqsadi imzolangan memorandum ijrosiga qaratildi.

Tadbirda ishtirok etgan pedagogik jamoa va o’quchilar bilan “Yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” va “Is gazidan zaharlanishni oldini olish” mavzo’larida so’hbat o’tkazildi. Shuningdek, So’x tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida o’quvchi, o’qituvchi va ishchi-xodimlarga yong’in o’chirish maxsus avtoulovidagi asbob-anjomlar, yong’inlarni o’chirishda maxsus asboblardan foydalanish usullari haqida ma'lumotlar va tushunchalar berildi hamda yong’inlarni o’chirishda o’t o’chirish vositalaridan foydalanish tartibi tushintirildi.

Tadbir jarayonida ob'ektdagi mavjud isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o’rganildi va aniqlangan kamchiliklar joyda bartaraf etildi. Bunday tadbirlar tumanning barcha ta'lim muassasalarida o’tkaziladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram