Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2022-09-29 10:37:48    77

PDF yuklash
Chop etish


        Respublikamizda davltimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikka qarshi kurash kuni etib belgilangan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad jamiyatda sog’lom muhtini shakllantirish, jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga yo’l qo’ymaslik va aholi o’rtasida bu bo’yicha targ’ibot-tashviqot ishlarini muntazam olib borish va ushbu yo’nalishda mustahkam hamkorlik asosida faoliyat yurgizishdan iborat.

        Bugun tuman markaziy o’yingohida jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olshiga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Mazkur tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, ularning maslahatchilari, korxona-tashkilot, muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ham qatnashdi.

        Tadbirda so’z olgan tuman hokimi tumanda va tuman hududlarida jinoyatchilikka qarshi kurash ahvoli haqida gapirib, olib borayotgan tadbirlarga qaramasdan ba'zi hududlarda jinoyatchilikning ortib borayotganiga tanqidiy baho berdi. Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish, bu yo’nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish lozimligi qayd etildi.

        Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ham o’z so’zida hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurash tadbirlarda mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha o’zining taklif, tavsiya va ko’rsatmalarini berdi. Hududlarda fa'oliyat olib borayotgan profilaktika nozirlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.

        Tadbirda Vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligi hamda ijtimoiy vaziyat barqarorligini ta'minlash yo’lida ichki ishlar xodimlariga yaqindan ko’maklashib, fidokorona xizmat qilib, yuksak insoniylik fazilatini namoyish etib boshqalarga namuna bo’lganligi uchun bir guruh mahalla fuqarolar yig’inlari, korxona-tashkilot va muassasalar ishchi-xodimlari, tuman hokimi o’rinbosari va jamoatchilik vakillari Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. Tuman sektorlari rahbarlari mukofotlarni o’z egalariga taqdim etdilar.

        Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ishlar har bir hududda muntazam o’tkazilishi alohida ta'kidlandi. "Mening mahallamda jinoyat sodir bo’lmasligi kerak" tamoyili asosida ish olib borgan va jinoyatdan xoli mahalla rag’batlantirilishi qayd etildi.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram