Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI MIRISHKORLARI 2023 QISHLOQ XO’JALIGI YILIGA HOZIRLIK KO’RISHMOQDA

×

 2022-09-08 14:52:56    60

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizda ayni kunda qishloq xo’jaligi ekinlarini yig’im-terimi barobarida dehqonlarimiz 2023 qishloq xo’jaligi yiliga ham hozirlik ko’rishmoqda. Urug’li g’alla tayyorlash ishlarining tumanimizda amalga oshirilishi ko’p sarf-xarajatlarni oldini olishda omil bo’lib xizmat qiladi.

        Yana bir muhim jihat: urug’li g’alla navlari tumanimizning o’zida qayta ishlanib, xo’jaliklarga yetkazib berilmoqda. Tuman hokimning qishloq xo’jaligi ishlari bo’yicha o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ma'lumotiga ko’ra, bugun 300 qop, har biri 50 kg og’irligidagi 15 tonna elita avlodiga mansub “Asr” navli bug’doy urug’ligi “Suxdon” MChJda 2023 yil hosili uchun qayta ishlandi. Tuman hokimi o’rrinbosarining so’zlariga ko’ra, olib kelingan yangi bug’doy urug’ligi navlarining tozalash, saralash va dorilash ishlari tuman agroinspektsiyasi vakillari tomonidan nazoratga olingan.

        Ayni kunda tumanimiz mirishkorlari qo’lni qo’lga berib, mehnat qilishayotir. Qoramollar parvarishida asosiy ozuqa bo’lgan silos tayyorlash ishlari ham jadallik bilan olib borilayotir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram