Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Malbut qishlog'ida tibbiy maskan barpo etilmoqda

×

 2022-08-02 16:26:52    84

PDF yuklash
Chop etish


Malbut qishlog'ida tibbiy maskan barpo etilmoqda

         Bo'sh turgan va oborotdan chiqib ketgan, yoxud qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanish va uni xalq manfaatiga xizmat qilishga yo'naltirish kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Zotan, "inson qadri uchun" tamoyilini amalga tatbiq etish mana shunday amallarda samara beradi.

          Malbut qishlog'i tumanimizning eng chekka va Qirg'iziston respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan. O'ziga xos muammo va kamchiliklari bor mazkur qishloqda. Eng asosiy muammo bu mahallada suv tanqisligi hisoblanadi.

         Chekka Malbutda tuman sektorlari rahbarlari tashabbusi bilan yana bitta yangilik amalga oshirilmoqda. Malbut mahallasi aholisi uchun yangi tipdagi qishloq vrachlik punkti barpo etilmoqda.

         So'x tumani tibbiyot birlashmasi boshlig'i Usmonjon Mamadaliyevning so'zlariga ko'ra, bunday tibbiy maskanlar barcha hududlarda barpo etiladi. Joylashgan hudud va sharoitni hisobga olgan holda birinchi tibbiyot maskani Malbut qishlog'ida barpo etilyapti.

         Mazkur tibbiy maskanda aholiga tibiy xizmat ko'rsatish barobarida dori-darmonlar sotuvi ham yo'lga qo'yiladi. Eski qabriston o'rnida barpo etilayotgan tibbiy maskanning barpo etilishida barcha birdek harakat qilishmoqda. Tuman gazlashtirish idorasi xodimlari tomonidan tibbiy maskan oldidan o'tgan gaz quvuri xavfsiz hududga ko'chirildi.

         So'zimiz boshida tibbiy maskan barpo etilishini "yana bitta yangilik" dedik. Mahalla ahli uchun eng asosiy va muhim yangilik ro'y berdi. Natijasiz o'rinishlardan so'ng mahallada axiyri tik quduq qazildi va bugun ushbu quduq orqali Malbut ahli "obi hayot" ne'matidan bahramand bo'lishayotir. Eng asosiysi, xalq xursand.

         "Xursandchilik va omad qo'sh keladi" deya bejiz aytishmagan dono xalqimiz.             

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati