Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDLAR IShTIROKIDA SAYYoR QABUL O'TKAZILDI

×

 2022-06-08 19:11:39    63

PDF yuklash
Chop etish


SUDLAR IShTIROKIDA SAYYoR QABUL O'TKAZILDI

         Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson manfaatining mujassamligi davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosatning odilligidan dalolat beradi. Ayni inson qadrini ulug'lash va yuksaltirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar sud-huquq tizimida ham keng ko'lamda amalga oshirilayotir.

         Ta'kidlash joizki, 2021 yil boshidan amaliyotga joriy etilgan sud-huquq islohotlari Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmonida belgilab berilgan edi.

         Avval xabar berganimizdek, bugun  Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida Farg'ona viloyat sudi raisi va uning o'rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan rejaga ko'ra, jinoyat va huquqbuzarliklar, nikohdan ajratish, tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokidagi nizolar hamda fuqarolarning murojaatlari ko'paygan mahallalar, tumanlarda profilaktika ishlarini jonlantirishga qaratilgan sayyor qabul o'tkazildi.

         Tashkil etilgan sayyor qabulda Farg'ona viloyat sudi raisi o'rinbosari B.Vahobov, Farg'ona viloyat sudining sudyasi F.Hatamqulov, fuqarolik va jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudi raislari Sh.Abdullayev va Sh.Madumarovlar ishtirok etib, murojaat bilan kelgan har bir fuqaroni shaxsan qabul qilib, ularga huquqiy maslahatlar berdilar va ko'p murojaatchilarning muammolari joriy etilgan tartib doirasida hal etildi. 

         Aytish lozimki, Respublikamizda sud-huquq sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar samarasi o'laroq bugun soha vakillari ishtirokida xalq bilan uchrashuv va sayyor qabullar o'tkazilyapti. Xalq ichiga kirib borayotgan soha vakillariga nisbatan fuqarolarda ishonch hissi ko'paymoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati