Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KARTOSHKA TERIMI AVJIDA

×

 2021-10-05 09:37:21    52

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumani qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan tuman hisoblanadi. So’xning bu sohadagi dovrug’i doston bo’lgan ne'mati - kartoshkadir. So’xlik mirishkorlar ushbu ziroatning bir gektaridan 60 tonnagacha hosil olishgan.

        - Kartoshka parvarishida eng avvalo, agrotexnik tadbiralarga riyao etish kerak. Albatta, agar dehqon yaxshi hosil olaman desa, ota-bobolarimiz tajribasiga tayanib, ish tutishi lozim. Astoydil, sidqidildan mehnat qilsangiz, albatta, ko’zlagan niyatlaringizga yetasiz. Bu yilgi hoisilimizdan umidimiz katta, - deydi "Ozod" shirkat xo’jaligi ijarachisi Tohirjon Sharipov.

        Tumanda jami bo’lib 500 gektarga kartoshka ekilgan bo’lib, ayni kunda 269 gektar yerdagi kartoshka yig’ishtirib olindi. Olingan hosil 1 786 tonnani tashkil etadi.

        Olingan hosil shirkatlar hissasiga kartoshka olish rejasiga nisbatan "Ozod" shirkat xo’jaligiga - 696 tonna, "So’x" shirkat xo’jaligiga - 1 040 tonna va "Hushyor" shirkat xo’jaligiga 50 tonnadan to’g’ri keladi. 

        So’xlik bobodehqonlar ayni kunda kartoshka olish rejasini ortig’i bilan bajarish yo’lida astoydil harakatdalar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram