Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLARGA E'TIBOR - ASOSIY MAQSAD

×

 2021-09-16 17:03:03    61

PDF yuklash
Chop etish


        So’x tumani hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So’x tumani bo’limi va mudofaaga ko’maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tuman Kengashi hamkorligida "Mustaqillik shukronasi" tadbiri bo’lib o’tdi.

        Tuman hokimining davlat tili masalalari bo’yicha bo’yicha maslahatchisi Mahmudaxon Botirovaning ma'lumotiga ko’ra, tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarni kasbga o’qitish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ’ib qilish, ushbu yo’nalishdagi islohotlar samarasini yoshlarga yetkazish, tashkilotda o’qib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo’layotgan fuqarolarga ularning mas'uliyatini yetkazishdan iborat.

        Tadbirda ishtirok etib, so’z olgan soha vakillari Respublikamizda yoshlarga nisbatan berilayotgan e'tibor chekka hududlarda ham o’zining mantiqiy davomini topayotganini alohida ta'kidlab o’tdilar.

        Tadbir oxirida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan va o’quv kursi mablag’ining 50 foizi YoI Agentligi tomonidan to’lab berilgan yoshlarga tadbir ishtirokchilari tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram