Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHEGARALAR OCHILADI (MI?)

×

 2021-03-18 16:40:11    103

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun davlatimiz rahbarining bevosita topshirig’i bilan So’x tumaniga O’zbekiston Respublikasi chegara qo’shini qumondonligi, Davlat bojxona qumitasi vakillari tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad tuman hududidagi 8 ta chegara nazorat-o’tkazish punktlaridagi ahvolni o’rganish, kamchiliklarni aniqlash va yo’lovchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Zero Qirg’iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning O’zbekistonga tashrifi chog’ida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan kelishuvga binoan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini kelgusi uch oy ichida yakunlash qayd etilgan edi.

        Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida Respublikadan kelgan mehmonlar tuman mutasaddi idoralar rahbarlari bilan Malbut, Soy, Toyon, Qizilqiyoq, Devayron, G’aznov, Tul va Lenburg mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan chegara nazorat-o’tkazish punktlarini ko’zdan kechirishdi. NUPlardagi kamchilik va muammolarni tez muddatda bartaraf etish va yo’lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo’yicha tegishli idora mutasaddilariga topshiriqlar berildi. 

        Xabaringiz bor, Qirg’iziston Respublikasi prezidentining matbuot kotibi Galina Bayterek prezident Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi yakunlari yuzasidan o’z bayonotida "Tez orada ikki davlat o’rtasidagi 7 ta nazorat-o’tkazish punkti faoliyati tiklanishi"ni ta'kidlagan edi.

        SO’X TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram